weather

“Avto sarguzashtlar”

Категория: Узбекские фильмы Год: Режиcсёр: Жанр:
В ролях: Sanobar Sodiqova, Sanjar Sa’dullayev, Oybarchin Bakirova, Mahmud Ismoilov, Laziza Aslzoda, Akbarxo’ja Rasulov, Zilola G’ulomova, Gulnoza Jumanazarova, Rustambek Nasriddinov, Ahror Alijonov, Habibulla Ortiqov, Hamza Xasanovlar
Описание

“O’zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Astir Animation Studio” korxonasi postanovkachi rejissyor Abdulatif Haydarov boshchiligida “Avto sarguzashtlar” nomli 3D animatsion filmlar turkumini yaratdi. Multfilm senariysi Ismoil Shomurodov tomonidan yozilgan.
3D animatsion film ijodkorlari 2018 yilda ishlab chiqarish mo’ljallangan oltita qismiga 11 oy vaqt sarflashdi. Multfilmning har bir qismi davomiyligi 3-4 daqiqani tashkil qiladi. “Avto sarguzashtlar” multfilmini yaratishda 15-20 nafarga yaqin mutaxasislar ijod qilishdi.
Filmda barchamizga tanish bo’lgan o’zbek avtomobillari multqahramonlar qiyofasida nomoyon bo’lgan. Multfilm qahramonlarining qiyofasini illustrator, rassom va multfilmning sahnalashtiruvchi rassomi Zilola Hamidova tomonidan yaratilgan.
Quvnoq avtomobillar yashaydigan zamonaviy shahar modellashtirilishida me’moriy jihatdan milliylik va zamonaviylik uyg’unlashtirilgan bo’lib, bunda barchamizga tanish bo’lgan bino ova inshoatlar, muzeylar, masjidlar, mehmonxonalar, yaqin yillarda qurilishi tamomlanadigan Tashkent City majmuasi va boshqa diqqatga sazovor joylarning multfilm uchun moslashtirilgan 3D ko’rinishini uchratasiz.
Multfilmning eng asosiy yutuqlaridan biri – uning animatsiyasi. Filmda dinamika juda kuchli, harakatlar tezligi chet el 3d multfilmlaridan qolishmaydigan darajaga olib chiqilgan.
Birinchi yaratilgan oltita qismda multfilm voqealari markazida kichkintoy matiz. Shu bilan birga, uning oilasi va yaqin do’stlari ham e’tibordan chetda qolmagan. Ular kechirayotgan sarguzashtlar kichkintoy teletomoshabinlar uchun nafaqat qiziqarli, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.
«Astir Animation Studio» bu loyiha doirasida 2018-yilda bajarilgan boshqa loyihalarga nisbatan ikki barobar ko’proq ish hajmini bajardi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu paytgacha O’zbekistonda 10 daqiqalik multfilm yaratishga 1 yil yoki undan ko’proq vaqt sarflashgan bo’lsa, «Astir animatsion studio» jamoasi ishga zamonaviy yondashuvi natijasida 11 oyda 20 daqiqadan ko’p yuqori sifatli multfilm ishlashdi. Bu o’n yillik davri ichida eng tez, sifatli va samarador ishlagan studiya desak adashmagan bo’lamiz.
Multfilmning ovozlashtirish jarayoniga ham katta etibor qaratilgan bo’lib, har bir qahramonga eng mashxur aktyorlar mohirlik bilan ovoz berishgan. Multfilm bosh qahramoni matizga mahoratli aktrisa Sanobar Sodiqova ovoz bergan. Siz filmda Sanjar Sa’dullayev, Oybarchin Bakirova, Mahmud Ismoilov, Laziza Aslzoda, serqirra aktyor Akbarxo’ja Rasulov, 2018 yilning eng yaxshi aktrisasi Zilola G’ulomova, Gulnoza Jumanazarova, Rustambek Nasriddinov, Ahror Alijonov, Habibulla Ortiqov, Hamza Xasanovlar o’z ishlarini a’lo darajada uddalashganini ko’rishingiz mumkin.
Hattoki futbol muxlislari uchun ham qiziqarli jihati bor bo’lib, multfilm qismlaridan birida jonli tarzda taniqli sharxlovchi Mirzahakim To’xtamirzayev shaxsan o’zlari shiddatli o’yinni sharxlagan.
“Astir animatsion studio” jamosi ushbu multfilmni ishlashni boshlaganida o’zlari oldiga “Bu multfilm O’zbekistonda 2018-yilning eng yaxshi multfilmi bo’ladi!” degan maqsadni qo’yishgan edi va qaysidir ma’noda buning uddasidan ham chiqishdi.
Bu multfilmni ko’rish nafaqat kichkintoy tomoshabinlar uchun, balki ularning ota onalariga ham tavsiya etiladi. Chunki ular avto harakatning ishtirokchisi – haydovchi yoki yo’lovchilardir.