weather

“Elparvar”

Категория: Ўзбек киноси Йил: 2018 Режиcсёр: Abduvohid G‘aniyev Жанр: Tarixiy
Ролларда: Abdug‘ofur Isaxanov, Feruza Yusupovalar, Fotih Jalolov, Alisher Uzoqov, Muhammad Rafikov, Shafoat Rahmatullayeva, Tohir Saidov.
Тавсив

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan rejissyor Abduvohid G‘aniyev tomonidan “Elparvar” filmi suratga olindi.

“Elparvar” filmi o‘spirin yigitning buyuk sarkardalar, xususan, Jaloliddin Manguberdi jasoratidan faxrlanishi, uning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularining uyg‘onishi va bu yo‘lda ko‘rsatgan ezgu ishlari haqida hikoya qiladi.

Yangi kinoasarning suratga olish ishlari Buxoro, Xiva shaharlarida hamda Toshkent viloyatida o‘tkazildi. Film uchun Xiva shahrida alohida dekoratsiya yaratildi.

Filmda bosh rollarni yosh aktyor Abdug‘ofur Isaxanov hamda aktrisa Feruza Yusupovalar ijro etdi. Bundan tashqari, filmda Fotih Jalolov, Alisher Uzoqov, Muhammad Rafikov, Shafoat Rahmatullayeva, Tohir Saidov singari aktyorlar suratga tushgan.